Dori vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh bo‘ldi

14 avgust kuni soat 17.00 da 24 yoshli Doston Y. 23 yoshli Muhammadjon A. bilan telegram messendjeridagi guruh orqali bog‘lanib, 16.200.000 so‘mlik dori vositalariga yetkazib berish xizmati bilan buyurtma bergan. Bir necha kundan so‘ng taksichi Abdulbosit U. dorilarni belgilangan joyga, ko‘p qavatli uy oldiga olib borgan. Doston buyurtmani olib, uyidan pul olib chiqishini aytgan va boshqa eshik orqali chiqib, voqea joyini tark etgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, oktyabr oyining boshida Doston qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring