Donald Tramp Jorjiya shtati rasmiylariga bosim o‘tkazdi va saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtati hukumati vakillariga saylovlarning natijalarini qayta ko‘rib chiqishlarini talab qilib, jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitgan holda bosim o‘tkazgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Xabarga ko‘ra, prezident Jorjiya shtati davlat kotibiga telefon orqali suhbatda bosim o‘tkazgan va saylovlarni uning foydasiga hal qilish uchun yetarlicha ovozlar «topishi» kerakligini aytgan.

«Men faqat 11780 ta ovoz topishni, ya’ni biz yig‘gandan bittaga ko‘p ovozga ega bo‘lishni xohlayman. Chunki biz bu shtatda g‘alaba qozongan edik», — degan Tramp suhbatda.

Реклама на Unews

Bred Raffensperger prezidentning iltimosini rad etgan va unga ovozlarning qalbakilashtirilgani haqida noto‘g‘ri ma’lumot berishganini aytgan. The New York Times va yuristlarning aytishicha, Donald Tramp bu ishi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring