Dolzarb mavzu! Plyaj va basseynlar faoliyatiga ruxsat berildimi?

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga muvofiq plyajlar faoliyatiga «yashil» va «sariq» hududlarda, basseynlarga esa faqat «yashil» hududlarda ruxsat berilgan. Bunda basseyn ma’muriyati quyidagilarni ta’minlashi lozim:

* basseyn hududi doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi;

* xodimlarda pirometrlar, antiseptik vositalar va kirish-chiqish joylarini dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;

Реклама на Unews

* xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi;

* ijtimoiy masofani saqlashi;

* qo‘llarni antiseptik vositalar bilan zararsizlantirib turish;

Реклама на Unews

* suv ichish uchun bir martali idishlardan yoki 0,5 litr sig‘imli idishdagi qadoqlangan suvdan foydalanish;

* ishlatilgan niqoblar, salfetkalar, qo‘lqoplar va boshqa chiqindilarni ochiq holda qoldirmaslik, maxsus chiqindi qutilariga tashlash;

* har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37°S va undan yuqori, infeksiya alomatlari mavjud hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish;

- quruq yo‘tal, isitma, o‘zini noxush his qilish va shu kabi alomatlar kuzatilsa darhol «103»ga qo‘ng‘iroq qilish talab etiladi;

Shuningdek, ijtimoiy masofani ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan jamoaviy sport tadbirlari o‘tkazilmaydi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring