Dollar kursi 27 oktyabrdan buyon ilk bor pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 27 so‘mga arzonladi va jami 10 449 so‘m etib belgilandi. Shu bilan bir qatorda, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 5 yanvardan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 27,48 so‘mga pasayib, 10 449,44 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 24,13 so‘mga arzonladi va 12 761,90 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,82 so‘mga pasaydi va 140,45 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, dollar kursi so‘nggi bor 27 oktyabr kuni pasaygan edi.

O‘tgan hafta dollar kursi 3 so‘mga qimmatlab, jami 10 476 so‘m so‘mni tashkil qilgandi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring