Dirijyor Xurshid Vohidov vafot etdi

Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri xor dirijyori Xurshid Vohidov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Xurshid Vohidov ijodi davomida K.Amirov asari, F.Jo‘rayev inssenirovkasi bilan “Uzilgan torlar”, S.Rahmonning “Hijron”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi”, R.N.Guntekinning “Hiylai sha’riy”, Z.Fatxullinning “Vatan ishqi”, M.Boboyevning “Qayerdasan, jon bolam” qator sahna asarlarining sahnalashtirilishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
  
Marhum teatr xor dirijyori “Arshin mol-olan”, “Antiqa sovchilar”, “Ayyorgina ayollar” singari spektakllarida orkestrni boshqarib, go‘zal, jonli musiqiy  bezak bergan.   

   Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring