Diqqat! Magistratura bo‘yicha imtihon natijalari bugun e’lon qilinadi

2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari natijalari tegishli oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga abituriyent sifatida hujjat topshirib, kirish imtihonlarida (onlayn test sinovlarida) ishtirok etgan abituriyentlar o‘zlarining natijalari bilan tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb sayti orqali joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 17:00 dan boshlab tanishishlari mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring