Diqqat! Ertaga Toshkentda avtobuslarning harakatlanish tartibi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasiga “Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha” Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, joriy yilning 8 iyun kunidan boshlab “sariq” va “yashil” toifasiga kiruvchi hududlarda, shu jumladan Toshkent shahrida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini qayta tiklash belgilandi.

Bugungi kunda, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi jami 16 ta avtokorxonalarga (shundan 8 ta avtobus saroylari va 8 ta xususiy tashuvchilar) jami 152 ta avtobus yo‘nalishlari (shundan 135 tasi avtobus saroylariga va 17 tasi xususiy korxonalarga) biriktirilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarga reja bo‘yicha jami 1230 ta avtobuslar (shundan 1121 ta avtobus saroylari bo‘yicha va 109 ta xususiy korxonalar bo‘yicha) ishga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Maxsus komissiya bayoni qarori talablaridan kelib chiqqan holda, 2020 yilning 8 iyun kunidan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi avtokorxonalar tomonidan 131 ta yo‘nalishlarga 1067 ta turli rusumdagi (Mersedes Bens, MAN, SAZ va Isuzu) avtobuslar ishga chiqariladi.

Реклама на Unews

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent, Zangiota tumanlari “qizil” hudud deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, avtokorxonalarga biriktirilgan – Toshkent viloyatining yuqorida keltirilgan tumanlari hududigacha harakatlanuvchi 21 ta (8t, 9, 16, 25, 42, 56, 65, 74, 84, 101, 103, 115, 120, 134, 135, 144, 145, 148, 188, 198, 199-sonli) avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida 3 ta (75, 106, 160-sonli) avtobus yo‘nalishlarining faoliyati faqatgina Toshkent shahri hududida Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda tashkil etiladi.

Faoliyati qayta tiklanadigan yo‘nalishlarning harakati Maxsus komissiya bayoni qaroriga ko‘ra soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil qilinadi.

Реклама на Unews

Barcha avtobus saroylari rahbarlari tomonidan yo‘nalishlarning so‘nggi bekatlarida ikki smenalik navbatchilik tashkil qilinadi.

Yo‘nalishlarning so‘nggi bekatlarida avtobuslarni doimiy ravishda har bir qatnovga jo‘nashdan oldin to‘liq dezinfeksiya qilinadi.

Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlanadi ularni muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib boriladi.

Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring