Deputat o`quvchilarga jamoat transportida tekin yurish huquqini berish taklifi bilan chiqdi

O`quvchilarga jamoat transportida tekin yurish huquqini beraylik — deya taklif bildirdi O`zMTDP deputati Jahongir Ziyaev:

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev iqtidorli o`quvchilarni rag`batlantirish uchun “Hokim stipendiyasi” joriy qilishini ma`lum qildi. Hozircha uning miqdori qanchaligi aniq bo`lmasa-da, bu ezgu tashabbus yoshlarga motivasiya berishi turgan gap.  

Yoshlarni qo`llab-quvvatlash haqida gap ketar ekan, menimcha, o`quvchilarning jamoat transportida bepul yurish masalasini hal qilish vaqti keldi. Ko`plab davlatlarda o`z fuqarolariga shunday huquq berilgan bir paytda, kelajagimiz egalariga bunday imkoniyatni yaratmayotganimiz ajablanarli.

Реклама на Unews

Masalan, Lyuksemburgliklar uchun transportda yurish bepul. Estoniya poytaxti Tallinda esa 2013 yildan buyon odamlardan yo`lkira so`ralmaydi. Shveysariya, Avstraliya, Fransiya, AQSh, Xitoy, Malayziya... Ro`yxatni yana davom ettirish mumkin. Bu shaharlarda tirbandlik muammosini hal qilish bilan birga, soliq to`lovchilar sonining keskin ko`payishiga ham sabab bo`lgan ekan.

Ma`lumki, hech qaysi davlatda jamoat transporti o`z xarajatlarini deyarli qoplamaydi. Soha byudjetdan subsidiya yoki imtiyozli kredit ajratish orqali qo`llab-quvvatlanadi. Jumladan, O`zbekistonda ham.  

O`quvchilardan yo`lkira olganimiz bilan baribir plan bajarilmas ekan, unda farzandlarimizga shunday imkoniyatni beraylik. Bu bilan yoshlarimizning bilimini yanada oshirishga hissa qo`shgan bo`lamiz. Chunki qanchadan qancha o`quvchilar qo`shimcha ta`lim olish uchun u yoqdan-bu yoqqa yuguradi. Yo`lkirani o`ylab, boraolmayotganlar qancha?  

Реклама на Unews

Shu o`rinda yana bir gap: shahar transportidan bepul foydalanuvchilar ro`yxatiga oyiga 3-4 million so`m maosh oladigan ichki ishlar xodimlari kiritilmagan bo`lsa-da, negadir “konduktor”lar ulardan yo`lkira so`ramaydi. Ammo puli yo`q o`quvchilar yo avtobusdan tushirib yuboriladi yoki “yaxshi” gaplar bilan siylanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring