Demokratlar AQSh Senatini nazorat qilishga yaqinroq
943 12-11-2022 0 DunyoDemokrat Mark Kelli Arizona shtatidan senator etib qayta saylanganidan so‘ng, Demokratik partiya AQSh Kongressining yuqori palatasini nazorat qilish uchun bitta o‘rin olishi kerak. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Kelli Respublikachilar partiyasidagi raqibi Bleyk Mastersdan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Hozircha respublikachilar ham, demokratlar ham Senatda 49 ta o‘ringa ega. Boshqa shtat, Nevada yoki Jorjiyadagi g‘alaba prezident Jo Baydenning partiya a’zolariga yuqori palata ustidan nazoratni ta’minlaydi. Chunki ovozlar teng bo‘lganda (50-50) vitse-prezidentning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Реклама на Unews
Joriy yilning 8-noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Kongressning ikkala palatasiga oraliq saylovlar uchun asosiy ovoz berish kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Vakillar palatasining 435 a’zosidan va 100 senatordan 35 nafarini sayladi.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.