Dehqon bozorlarida parranda va baliq mahsulotlari sotish uchun savdo do`konlarini qurishga joy ajratiladi

“Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5017-son, 03.03.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Qarorga ko`ra, respublikada faoliyat yuritayotgan parrandachilik korxonalaridagi mavjud parrandalarni turli kasalliklar va favqulodda vaziyatlar (elektr energiyasi va tabiiy gazdagi uzilishlar) oqibatida nobud bo`lishini sug`urtalash tartibi ishlab chiqiladi.

Bunda, parrandalar bosh sonini sug`urtalash bo`yicha sug`urta tovonining 50 foizigacha bo`lgan qismi Tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilgan.

Реклама на Unews

Shuningdek, parrandachilik va baliqchilik xo`jaliklariga:

- o`zi ishlab chiqargan tuxum, parranda go`shti va baliq mahsulotlarini sotish uchun dehqon bozorlari va aholi gavjum hududlardan o`rnatilgan tartibda doimiy savdo joylari (nuqtalari);

- har bir dehqon bozorida hamda shahar (tuman)dagi aholi gavjum joylarda kamida 2 tadan engil konstruksiya asosida parranda va baliq mahsulotlari sotishga mo`ljallangan savdo do`konlarini qurish uchun joy ajratiladi.  

Реклама на Unews

2021/2022 o`quv yilidan Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti huzuridagi Marhamat engil sanoat texnikumi negizida Samarqand veterinariya medisinasi institutining Andijon veterinariya medisinasi texnikumi tashkil etiladi.  

2021/2022 o`quv yilidan respublikadagi barcha veterinariya medisinasi va agrotexnologiyalar texnikumlarida parrandachilik, veterinariya, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilik yo`nalishlarida mutaxassislar tayyorlash bo`yicha davlat buyurtmasi asosida qabul kvota parametrlari shakllantiriladi.  

Qarorga ko`ra, Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson tumanlari chorvachilikka ixtisoslashtirilib, ushbu tumanlarda zamonaviy chorvachilik komplekslari tashkil etiladi.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring