Davlat kadastrlar palatasi Ellikqal`a filiali bosh muhandisining kirdikorlari fosh bo`ldi

Davlat kadastrlar palatasining Ellikqal`a filiali bosh muhandisi A.R. fuqaro M.S.ning o`g`liga aslida mavjud bo`lmagan tuman hokimining soxta qarorini asos qilib 4 sotix er maydoniga egalik qilish bo`yicha hujjatlarni tayyorlab berib, evaziga 500 AQSh dollarini olganligi, shuningdek, A.R. filialning boshqa mas`ul shaxslari bilan til biriktirib, fuqarolar nomiga uy joylar uchun jami 9 ta holatda 42 sotix er maydoniga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib, noqonuniy ravishda davlat ro`yxatidan o`tkazgan. 

Uning bu kirdikorlari Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal`a tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring