BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Davlat bog‘chalari qachondan ochilishi ma’lum qilindi

AOKA shtabiga kelib tushgan savolga Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot kotibi Dilafro‘z Ikromova javob berdi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Savol: Nega davlatga qarashli maktabgacha ta’lim muassasalari kechroq ochilyapti?

Javob: Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15 iyundan boshlab, «yashil» va «sariq» hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Hozirda Maktabgacha ta’lim vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, JSST va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh bilan MTTlar faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablar tartibi to‘g‘risida Nizom ishlab chiqilmoqda.

Ayni damda MTTlar faoliyati xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlar, himoya vositalarini sotib olish, o‘rnatish va dezinfeksiya qilish ishlari, shuningdek, MTT xodimlarini mehnat ta’tilidan chaqirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Zarur xavfsizlik choralarini ta’minlab beruvchi xususiy MTTlari 2020 yil 15 iyundan faoliyatini boshlashi mumkin.

Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib, davlat MTTlari faoliyatini xavfsiz va sifatli tashki etishga qaratilgan dastur asosida 15 iyundan 1 iyulgacha yo‘lga qo‘yadi. Shu bois vaziyatni to‘g‘ri baholashingizni so‘raymiz.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Zaruratsiz xorijga chiqishdan tiyilib turish tavsiya qilindi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarurat bo‘lmasa chetga bormay turishni tavsiya qildi,  deb yozmoqda  "Zamin.uz" nashri. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov dunyo davlatlari toifalarga bo‘linib, aviaqatnovlar tiklanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. «Hozirgi kunda Transport vazirligi bilan xamkorlikda xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda davlatlarni «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish va bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklash borasida o‘rganib chiqib takliflar tayyorlanmoqda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yakuniy xulosalar qilinadi. Bu to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi. Shuningdek, davlatlarning epidemiyaga qarshi tadbirlarni darajasi hamda fuqarolarning himoyalanish choralariga e’tibor qaratiladi. Umuman, bugun dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, zaruriyat bo‘lmasa chetga bormay turish ma’qul bo‘ladi», dedi Botir Qurbonov. Brifingda 15 iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugashi ehtimoli haqidagi savolga ham javob berildi. «Karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat cho‘zilishi bu koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda belgilanadi. Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish sur’ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi. Ko‘rinib turibdiki, bu barchamizga bog‘liq jarayon, agarda profilaktik tadbirlar, karantin qoidalari, alohidalanish va ijtimoiy masofani saqlash talablariga to‘liq rioya qilsak, yaqin kunlarda karantin tadbirlari bekor qilinishi mumkin», dedi Qurbonov. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring