Darslari o`tilmaydigan fan o`qituvchilarining oylik maoshlari saqlanadi

O`quvchilarning sog`ligini himoyalash,  ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqotning oldini olish maqsadida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan ayrim fanlarni o`tish vaqtinchalik tavsiya etilmasligi haqida  xabar bergandik.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2020 yilning 28 avgustida “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida 2020/2021 o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish ishlari to`g`risida” o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida viloyat, shahar va tuman xalq ta`limi bo`limlariga an`anaviy shaklda dars mashg`ulotlari o`tkazilmaydigan ayrim fanlar pedagoglariga ajratilgan dars soatlari bo`yicha oylik ish haqini saqlash topshirildi.Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.

Ushbu fan o`qituvchilari maktabda o`quvchilarning sog`ligini himoyalash bilan bog`liq boshqa tadbirlarga jalb etilishi belgilandi. O`quv yili boshlangunga qadar bo`lgan davr uchun muassasaning pedagog va boshqa xodimlariga 2020/2021 o`quv yili uchun shakllantirilgan tarifikasiya ro`yxati hamda shtatlar jadvali bo`yicha belgilangan lavozim maoshidan kelib chiqib, oylik ish haqi to`lab beriladi.

Реклама на Unews

Mehnatiga soatbay haq to`lanadigan o`rindoshlik asosida ishlovchi pedagog xodimlarning mehnatiga haq to`lash muassasada o`quv jarayoni boshlangandan keyin amalga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz maktabda o`tilmaydigan fanlar masofaviy ta`lim shaklidagi televizion darslar orqali uzatiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring