Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutilayotgani e’lon qilindi

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari respublika hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Mart oyining oxirgi kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq havo kirib kelishi boshlandi, ushbu holat aprel oyining birinchi haftasida ham davom etadi.

Bugun kunduz kuni va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 20-24° gacha, ba’zi joylarda 25-28° gacha isiydi. Bu aprel oyi boshidagi ko‘p yillik qiymatlardan 4-6° ga yuqoridir.

Реклама на Unews

Respublika hududining katta qismida ushbu kunlarda asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 2 aprel shanba kuni havo bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring