Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutiladi?

O‘zgidromet dam olish kunlarida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Bu haqida "Xabar.uz" nashri xabar bermoqda.

Bugun O‘zbekistonning katta qismida ob-havo asosan quruq va nisbatan salqin bo‘ladi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida esa kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

16-mayda atmosfera fronti o‘tishi natijasida bulutlar ko‘payib, ayrim joylarga momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Реклама на Unews

Bu kunlarda kunduzgi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi, bu may o‘rtasi uchun xos bo‘lgan me’yordan 3-6 darajaga pastdir.

17-mayda mamlakatmimiz hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning janubiy va markaziy viloyatlarida ob-havo bir oz nobarqaror bo‘ladi. Bu hududlarda ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

17-may kechga borib O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi tomondan navbatdagi nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Реклама на Unews

17-mayda havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.

Sardobalik cho‘pon: "Bu yerda boy boyga, suv soyga oqyapti. Boshqa gap yo‘q! Ko‘chib ketaman"

Fotogalereya: Prezident Sirdaryoda qurilayotgan turar joylarning poydevoriga tamal toshi qo‘ydi

Sardoba toshqinida uy ichida qolib ketgan ayol (VIDEO)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring