Dam olish kunlari O`zbekistonga sovuq ob-havo kirib keladi - “O`zgidromet”

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, dam olish kunlari O`zbekiston hududiga markazi Qozog`iston ustida bo`lgan sovuq antisiklon ta`sir etadi. Havo harorati kechalari 3-8daraja iliqgacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqgacha pasayadi.

 

Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlari bo`yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushadi.

Sovuq havo kirib kelishi natijasida shimol va cho`l hududlarining ba`zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring