Dam olish kunlari ob-havo o`zgaradimi? "O`zgidromet" ma`lum qildi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, bugun kunduz kuni va dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Respublika hududining kattta qismida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida biroz yomg`irlar faqat ayrim hududlarda yog`adi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik, yomg`ir va qor ko`rinishida, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol tezligi 25-28 m/s ga etishi mumkin.

Havo harorati 13-16° iliqdan 17-20°iliqgacha asta-sekin ko`tariladi.

Реклама на Unews

Tog` oldi va tog`li hududlarda sel kelishi, tog`larda qor ko`chishi xavfi bor.

Respublika hududi bo`yicha va keyingi haftaning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ishi bilan kuzatiladigan beqaror ob-havo saqlanib turadi.

Bunday ob-havo atmosferada juda faol janubiy frontal zonalarni mavjudligi hisobiga, respublika hududiga doimiy ravishda nam bulutli massivlar kirib kelishini hosil qiladi.

Реклама на Unews

Ma`lumot uchun: O`tgan yilning mart oyida ham O`zbekistonda tez-tez yomg`ir yog`ishi bilan ob-havoning huddi shunday holati kuzatilgan. Toshkentda yomg`irli kunlar soni 21 kunni tashkil etgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring