BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

COVID-19ga qarshi qanday niqoblar foydasiz?

Niqob koronavirus infeksiyasidan himoya qilishi uchun u sintetik materialdan tayyorlanishi kerak, ammo paxtadan emas, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ushbu fikrni Minsk-Novosti agentligi muxbiriga bergan intervyusida pulmanolog Ivan Dulub aytdi, xabar bermoqda “Dori-Darmon” AK Axborot xizmati.

- Mato niqoblari zamonaviy, chiroyli, ammo ular paxtadan iborat, agar ularning COVID-19 ga qarshi samaradorligi haqida gapiradigan bo‘lsak, himoya darajasi nolga teng,  - dedi I. Dulub. -Faqat sun’iy matodan tayyorlangani koronavirus o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday niqob "spanbond" texnologiyasi yordamida ishlab chiqarilgan, ko‘p qatlamli to‘quv bo‘lmagan matodan tayyorlanishi kerak. Tibbiyotda bir marta ishlatiladigan niqoblar ideal variant hisoblanadi.

Pulmonologning fikriga ko‘ra, doka niqobidan foydalanish mumkin, faqat ko‘p qatlamli bo‘lishi sharti bilan (besh va undan ortiq qatlam). Doka niqoblar koronavirus infeksiyasidan o‘rtacha darajada himoya qiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Yangi kasallanishlar soni kamaygan mamlakatda maktablar qayta ochildi Janubiy Koreya poytaxti Seul va unga yaqin bo‘lgan hududlarda 21 sentyabrdan boshlab o‘quvchilar yana maktabga qaytishdi. Bu mamlakatda o‘tgan oyda virus tarqalishi ko‘paya boshlagach ko‘plab ta’lim muassasalari yopilgandi. Hozirgi kunga kelib esa koronavirus bilan kasallanish holatlari ancha kamaygan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri Yangi qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilar ham onlayn, ham maktabga borib, ya’ni, aralash usulda ta’lim olishadi. Ular maktabdagi darslarga haftada bir yoki ikki marta qatnashishadi. Bundan maqsad maktabdagi odamlarning sonini kamayitirib , ular orasida virus tarqalishing oldini olishdir. Janubiy Koreya koronavirus o‘z hududida ilk bor avj olganda uni jilovlashga erishgandi. Lekin, avgust oyida cherkovda va siyosiy mitinglarda odamlarning ko‘pchilik bo‘lib to‘planishlari yangi kasallanish holatlarining keskin oshishiga olib keldi. Natijada, hukumat ijtimoiy masofalanish qoidasini joriy qilishga majbur bo‘ldi. Mamlakatdagi ko‘plab maktablar 26 avgust kuni yopildi. Janubiy Koreya hukumati 20 sentyabr kuni ijtimoiy masofalanish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarni yana bir haftaga uzaytirib, ularning 27 sentyabrgacha davom etishini ma’lum qildi. Ushbu qoidaga ko‘ra, odamlarning uy ichida 50 kishidan, ko‘chada 100 kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlari taqiqlanadi. Shuningdek,  Chusek deb nomlangan uch kunlik bayram oldidan, 28 sentyabrdan, cheklovlarni kuchaytirmoqchi. Chunki, bu bayramda odamlarning to‘planishlari ko‘payadi. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring