COVID-19 vaksinasi: Rossiya Xitoy bilan hamkorlik qiladi

Xitoyning yetakchi virusolog akademigi Chjun Nanshan Xitoy va Rossiya koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalarni birgalikda sinovdan o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytdi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha Xitoy-Rossiya tibbiy konferensiyasida qilgan nutqida akademik Rossiyada vaksinalar ishlab chiqarish juda yuqori sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladi.

Akademikning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mamlakatda virus bilan bog‘liq kasalliklardan o‘lim darajasi pastligicha qolishiga erishdi, bu borada pandemiyada Rossiya tajribasi o‘rganishga loyiqdir.

Реклама на Unews

Konferensiya Xitoyning janubidagi Guandun provinsiyasida bo‘lib o‘tdi, uning asosiy mavzulari koronavirusga qarshi kurashda Rossiya-Xitoy hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha tajriba almashish bo‘ldi.

Xabar qilinganidek, 11 avgust kuni Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib "Sputnik V" deb nomlangan koronavirus vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparat Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan va klinik sinovlardan o‘tgan.

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring