COVID-19 ga qarshi vaksina olinayotgan kuni «hushyor» bo‘ling! Shifokor maslahati

Rossiya SSV shtatdan tashqari mutaxassisi, narkolog Yevgeniy Bryun vaksina qabul qilinayotgan kuni alkogoldan tiyilishni maslahat berdi. Aks holda vaksina ta’siri, umuman olganda, immunitet kuchsizlanadi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Bryun xuddi boshqa dorilar kabi vaksina ham spirtli ichimliklar bilan kelishmasligini ta’kidlagan. «Vaksina-alkolgol tandemi» organizmni zaharlashiyam mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya koronavirusga qarshi birinchi vaksina — «Sputnik V»ni 11-avgust kuni ro‘yxatga olganini ma’lum qilgan. Jahonda bu doriga qiziqish bildirayotganlar ham, uning foydaliligini shubha ostiga qo‘yayotganlar ham talaygina.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring