COVID-19 ga qarshi emlash samaradorligi ichak mikrobiota tarkibiga bog`liqligi aniqlandi

Gonkongdagi Xitoy universiteti (CU Medicine) olimlari dunyoda birinchilardan bo`lib ichaklarimizdagi mikroblar immunitetni tartibga solishini va COVID-19 ning og`ir o`tishiga ta`sir qilishini aniqladi. 

Bundan tashqari, mikrobiotaning tarkibi to`g`ridan-to`g`ri koronavirusga qarshi emlashdan keyin neytrallashtiruvchi antitanachalar darajasiga bog`liq.

Tadqiqotda 18 yoshdan 67 yoshgacha bo`lgan 138 nafar Gonkong aholisi ishtirok etdi, ularning barchasi SinoVac yoki Pfizer vaksinalari oldi. Ko`ngillilar qon va najas namunalarini emlashdan oldin va preparatning ikkinchi komponentini olgandan keyin bir oy o`tgach topshirgan. Shundan so`ng olimlar neytrallashtiruvchi antitanachalar darajasini ishtirokchining ichak mikrobiotasi tarkibiga moslashtirdi.

Реклама на Unews

Mutaxassislar emlashdan keyin immunitetning pastligi va ichaklarda Bifidobacterium adolescentis bakteriyasining yo`qligi bilan bevosita bog`liqlikni topdi. Ushbu turdagi bifidobakteriyalar probiyotiklar oilasiga tegishli bo`lib, tug`ilishdan boshlab ichaklarimizda «yashaydi», ammo vaqt o`tishi bilan stress, antibiotiklar va noto`g`ri ovqatlanish ta`sirida kamayib ketadi.  

Ayni paytda bifidobakteriyalar immunitet tizimini rag`batlantirish, patogen mikroblardan himoya yaratish, vitaminlarni sintez qilish va murakkab uglevodlarni parchalashda muhim rol o`ynaydi. Tanadagi Bifidobacterium adolescentis etishmovchiligi yoki yo`qligini qoplash juda qiyin jarayondir.

Olimlarning fikriga ko`ra, vaksinalarning samaradorligini oshirish uchun ichak mikrobiotasini tiklash lozim. Bu uchun terapevtik usullarni ishlab chiqish kerak.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring