COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘pkasidagi jarohatlar qayta tiklanadimi?

COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘pkasidagi jarohatlar qayta tiklanadimi? Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

"Bu o‘pkaning qanday va qanchalik jarohatlanishiga bog‘liq. Ya’ni, bemorda MSKT (multispisal kompyuter tomografiya)sida o‘pkadagi jarohatlanishlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik o‘pkaning tiklanishi qiyinroq va uzoqroq muddatni talab etadi. O‘pkada fibroz to‘qimalar paydo bo‘lsa, u to‘qimalar alveolalarni orqaga tiklanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, shu bois, imkon qadar kasallikdan himoyalanish, uni yengil kechuvini ta’minlash hamda o‘pkaning alveolalari fibroz to‘qimalar bilan qoplanmasligiga harakat qilganingiz maqsadga muvofiqdir.

Engil va o‘rta og‘ir kechuvidagi bemorlarda jarohatlanish foizi kamroq bo‘lgani bois, bu jarohatlanishlar inson turmush tarziga deyarli ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Lekin keyinchalik o‘pkaning kasallikka chalinuvchan bo‘lib qolishini kuchaytirishi mumkin".

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring