"Chuchvara otmen": Dizenfeksion tunellar boshqa qo'yilmaydi, o'rniga boshqa qurilma qo'yiladi...

Respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, endilikda Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida dezinfeksion tunnellardan foydalanish to‘xtatilib, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz o‘lchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda ti66iy yoki bir martalik niqoblar bilan ta’minlash, shuningdek, kirish kismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi..

Bunda: ushbu amaliyotlarni tegishli qoidalar asosida olib borish bo‘yicha mas’uliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmassida bo‘lib, mazkur tadbirlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring