Chiroqchida Sohibqironning qarovsiz haykali bormi?

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Tarag‘ay qishlog‘ida buyuk bobokalonimiz Amir Temurning qarovsiz haykali bor. Bu haqda "Nasafnews" yozmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, yillar davomida e’tiborsiz qoldirilgan bu haykallar mahalliy aholi tomonidan qisman ta’mirlangan. Ta’mirlash o‘z ishining ustalari tomonidan olib borilmagani tufayli haykallar "qo‘rqinchli" holga keltirilgan.

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mazkur hududda bo‘ldi. Hokim va mas’ullarni haykallar va qadimiy yodgorlikning bugungi holati hayratlantirdi.

Реклама на Unews

"Biz Madaniyat vazirligiga xat bilan chiqamiz. Bu holatga befarq qarab bo‘lmaydi. Bu baland tog‘larga mos haykal kerak", - dedi Zoyir Mirzayev.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring