Chirchiqdagi portlashda jabrlanganlar soni ma’lum qilindi

«O‘zkimyosanoat» AJ tizimidagi «Maxam-Chirchiq» AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo‘linmasida bugun sodir bo‘lgan portlash va yong‘in natijasida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagani qayd etildi.

«Shu bilan birga atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan. Bu bo‘yicha barcha xavfsizlik choralari o‘z vaqtida ko‘rilgan. Yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Korxonaning barcha boshqa sexlari uzluksiz belgilangan tartibda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Energetika vaziri J. Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A. Qo‘ldoshev, «O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyati va mutaxassislari, IIV va boshqa tegishli mutasaddilar tomonidan hodisa sabablari va oqibatlari to‘liq o‘rganilmoqda», deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 nafar xodim yengil tan jarohati olgan, halok bo‘lganlar yo‘q. Ayni vaqtda jarohat olganlar Chirchiq shahridagi shifoxonada muolaja olishmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring