Chirchiqda yonayotgan uydan ikki nafar xonadon a`zolari qutqarib olindi

Joriy yilning 12 yanvar kuni soat 11:13 da Toshkent viloyati, Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limiga, Chirchiq shahar 8-kichik daha 9-uyda yashovchi fuqarolar tomonidan ushbu uyning 41-xonadonida yong`in sodir bo`layotganligi haqidagi xabar kelib tushgan. 

Mazkur xabar yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan etib borgan. Qutqaruvchilarning o`z vaqtida ko`rgan tezkor harakatlari natijasida ushbu xonadonda istiqomat qiluvchi 1950 yilda tug`ilgan fuqaro K.A. hamda uning nabirasi 2018 yilda tug`ilgan voyaga etmagan Sh.D.lar alanga ichidan olib chiqilgan. Ularga tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko`rsatilgan. Tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hodisa oqibatida uyning 30 kv.m. maydoni zarar ko`rgan bo`lsa, qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari bilan xonadonning 60 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Daslabki surishtiruv ishlari davomida sodir bo`lgan yong`inning taxminiy kelib chiqish sababi, bolalar sho`xligi oqibatida yuzaga kelganligi deb tahmin qilinmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring