Buxorolik ayol o‘zini Toshkentdagi Anhor kanaliga tashladi

Toshkent shahri Shayxontohur tumani Anhor bo‘yi ko‘chasi bo‘ylab jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant A.Murodov tomonidan joriy yilning 20 oktyabr kuni taxminan soat 14:00larda ushbu yo‘nalishdagi Anhor kanaliga o‘zini tashlagan ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya xizmati xabar bermoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Dastlabki surishtiruv jarayonida qutqarilgan fuqaro Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi, 1987 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan SH.N. bo‘lib, oilaviy muammolari borligi sabab o‘z joniga qasd qilishga uringanligi aniqlangan.

Hozirda Shayxontohur tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring