Buxorodagi yana bir tuman aholisi gaz yo‘qligi sabab yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati aholisi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yib, gaz yo‘qligidan norozilik bildirayotgan tasvirlangan video tarqaldi. Videolavha muallifi ta’kidlashicha, odamlar gaz yo‘qligi sabab nozorilik bildirishmoqda. Shu kunning o‘zida internetda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida olingan video ham paydo bo‘ldi. Bukhara News ma’lumotlariga ko‘ra, “Do‘stlik” va “Qorako‘z” mahallalari aholisi elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi muammolar sabab M37 trassasini to‘sib qo‘ygan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”,  deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

 Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tumanining “Do‘stlik” va “Qorako‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning gaz ta’minoti tizimidagi muammolardan o‘z noroziligini bildirib, Qorako‘l tumanidan o‘tuvchi M37 xalqaro trassani to‘sishga urinayotgani tasvirlangan videolavhalar tarqaldi.

Buxoro tumani

“Hududgaz Buxoro” kompanaiyasining ma’lum qilishicha, gaz ta’minoti filiali xodimlari muammoni o‘rgangan, gaz ta’minoti bilan bog‘liq yuzaga kelgan masalalarni bartaraf qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan.

Реклама на Unews

“Hududgaz Buxoro” Qorako‘l tumanidagi “Kogon” magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Qorako‘l” gaz taqsimlash stansiyasidan tumandagi iste’molchilarga 6 atmosfera bosimi ostida yetkazib berilayotgan tabiiy gazni gaz taqsimlash stansiyasidagi 2-raqamli jo‘mrak orqali 1,8—2 atmosferaga qisqartirilishi natijasida aholi xonadonlariga tabiiy gaz ta’minoti to‘xtab qolganini tan olgan. Bu esa tumandagi “Do‘stlik” va “Qorako‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan.

 

“Natijada 1,3 mingdan ortiq uy xo‘jaliklari gaz ta’minotida muammolarga duch kelgan. Ayni vaqtda hududda gaz ta’minoti tiklangan”, — deyiladi xabarda.

Buxoro tumani hokimligi o‘rganishlar jarayonida videomaterial tumandagi “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yig‘inida tasvirga olinganini ma’lum qilgan. Aniqlanishicha, 949 ta xonadonda 5 ming 610 kishi istiqomat qilayotgan “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yig‘inida ayni paytda tabiiy gaz bosimi pasaygan.

Реклама на Unews

Shuningdek, hokimlik dastlabki o‘rganishlar jarayonida mahalladagi gaz maromlash punktining soz holatda ekanligini bildirgan. Hozirda gaz bosimi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Qorako‘l tumani

Qorako‘l tumani hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 762 ta iste’molchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Do‘stlik” mahallasi aholisi gaz ta’minoti sabab tartibsizlik uyushtirgan.

“Ob-havoning keskin sovushi natijasida gazga bo‘lgan talab oshib ketib, quvurlardagi bosimning pasayishi sodir bo‘ldi. Shuningdek, gaz taqsimotiga aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan gaz quvurlariga o‘rnatilgan qo‘lbola qurilmalar sabab bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Hokimlikning ma’lum qilishicha, shu kunning o‘zida avariya brigadalari barcha gaz ta’minotlari tarmoqlarida monitoring o‘tkazib, tabiiy gaz bosimini normallashtirgan.

Hozirda “gaz tarmoqlariga o‘rnatilgan nostandart qurilmalar”ni bartaraf etish va gaz taqdimotini tartibga solish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Andijon, Farg‘onaSirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda gaz va elektr energiyasi yo‘qligi sabab aholi yo‘llarni yopib qo‘yishgandi va shu orqali o‘z muammolariga hokimiyat vakillarini e’tiborini tortishga urinishgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring