Buxoroda yuk avtomobili tirkamasi yonib ketdi

Buxoro viloyati Peshku tumanida yuk avtomobili tirkamasi yonib ketdi. Bu haqda Gazli shahar IIB navbatchilik qismiga 2 oktyabr kuni soat 17:34 da xabar berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa Peshku tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 393-kilometrida sodir bo‘ldi.

Foto: yhxbb.uz 

 

Реклама на Unews

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqaro G‘.E.ga tegishli bo‘lgan tirkama va uning ichida bo‘lgan past navli toy paxta yonib ketgan.

Foto: yhxbb.uz 

 

Avtomobil tirkamasi po‘lat ustunlarining bir-biriga tegib mexanik uchqun hosil qilishi, uchqunning tez yonuvchi maxsulotlar ustiga tushishi oqibatida yong‘in kelib chiqqanligi taxmin qilinib, moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Реклама на Unews

Holat yuzasidan, Peshku tumani FVB va IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring