Buxoroda "Tiko" haydovchisi YPX xodimini avtomobil kapotida sudrab ketdi

Joriy yilning 1 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda "Buxoroda "Tiko" haydovchisi YPX xodimini avtomobil kapotida sudrab ketdi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, video lavhada aks etgan holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o`rganilgan.

Aniqlanishicha, 2021 yil 29 yanvar kuni soat 15:30larda, Buxoro viloyati IIB YHXB boshlig`i tomonidan tasdiqlangan “Alohida yo`l-patrul xizmati otryadi 3-safarbarlik guruhi YPX naryadlarini xizmatga joylashtirish qaydnomasi”ga asosan, Buxoro viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati otryadi uchinchi safarbar guruh yo`l-patrul xizmati katta inspektori kichik serjant Sh.R. Vobkent tumani hududida yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida xizmatga jalb qilingan. 

Реклама на Unews

Xizmatni o`tash jarayonida Vobkent tumani O`ba Kulolon mahallasi, Kulolchi ko`chasida fuqaro M.S., tanishi N.A. ga tegishli bo`lgan “Tiko” rusumli, avtomashinada svetoforning qizil chirog`iga to`xtamasdan harakatlanib kelganligi sababli, YPX inspektori yo`lning qatnov qismiga chiqib haydovchiga to`xtash ishorasini ko`rsatgan. 

Fuqaro M.S. YPX inspektori turgan yo`nalishda boshqarishni davom ettirib, sodir etgan huquqbuzarligi uchun javobgarlikdan qutilib qolish maqsadida avtomashinani to`xtatmasdan xodimga juda yaqin masofaga qadar boshqarib borgan. 

Oqibatda xodim  yo`l chekkasiga qochishga ulgurmasdan, avtomashina kapoti ustiga chiqib qolgan. Shunday bo`lsada haydovchi M.S. avtomashina bilan harakatlanishda davom etib, taxminan 50-60 metr masofada inspektorni transport vositasi kapoti ustida olib yurib to`xtagan.

Реклама на Unews

"Shundan so`ng, YPX inspektori haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

Yuqoridagi holatda biror kishiga tan jarohati etmagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring