Buxoroda masjidga o‘g‘irlikka tushib, ehson qutisini o‘margan shaxs qo‘lga olindi

2020 yilning 28 sentabr kunidan 29 sentabr kuniga o‘tar kechasi, Romitan tumani Azizon MFY Sarbiston qishlog‘ida joylashgan «Xo‘ja Ali Romitaniy» masjidiga noma’lum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerda bo‘lgan 3 dona ehson qutilarni buzib ochib, ehson qilingan barcha pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Buxoro viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

"Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borildi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan O.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Hozirgi kunda gumonlanuvchi O.A. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda" deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring