Buxoroda karantin davrida yashirin saboq olgan 23 nafar o`quvchi koronavirusga test topshirdi va uy karantiniga olindi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ikki nafar o`qituvchi karantin paytida 23 nafar o`quvchiga yashirin tarzda tahsil bergani aniqlandi. Bu haqda daryo  Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish bo`yicha tuzilgan shtab mas`ullari xabariga tayanib yozmoqda. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Mazkur holat tuman huquq-tartibot idoralari hamda viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat boshqarmasi tuman bo`limi inspektorlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda ma`lum bo`lgan.

Viloyatning Shofirkon tumani «qizil» hudud toifasiga kiritilganiga qaramasdan 48 yoshli Q.A. shu tumanning «Chandir» qishlog`ida yashovchi 45 yoshli M.F.ning yashash manzilida karantin qoidalarini buzib, noqonuniy tarzda o`quvchilarni to`plagan holda dars mashg`ulotlarini o`tkazgan.

Реклама на Unews

Tadbir davomida M.F.ning xonadoni ko`zdan kechirilganda, o`quv darsliklar, test varaqalari hamda boshqa o`quv qurollari mavjudligi aniqlangan.

«Oliy ma`lumotli bo`lsa-da, hech qaerda ishlamaydigan bu fuqarolar karantin qoidalarini buzgan holda tibbiy vositalar bilan himoyalanmagan o`quvchilarga fanlardan test tarqatib, uyga vazifa bergan holda ularni tarqatib yubormoqchi bo`lishganini aytdi. Yoshlarga ta`lim berish yaxshi, biroq «qizil» hudud hisoblangan manzilda koronavirusga qarshi jiddiy kurash ketayotgan bir paytda bu fuqarolarning xatti-harakatlari qonunga zid ekanligini unutmasligimiz lozim», — deydi huquq-tartibot idorasi vakili.

O`quvchilarga dars o`tib kelgan fuqarolarga huquq va burchlari tushuntirilgan. 23 nafar o`quvchi esa uy karantiniga olingan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring