Buxoroda fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament, DXX hamda IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro U.E. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, o‘zi va singlisini tanishlari yordamida Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish uchun 9,6 ming AQSh dollariga kelishib, shundan 600 AQSh dollari va 1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring