Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning murojaatini o‘rganish uchun idoralararo komissiyasi tuzildi

Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilovning ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaatida keltirilgan vajlarni o‘rganish maqsadida idoralararo komissiya tuzildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Jasur Fozilovning vajlarini sinchkovlik bilan har tomonlama va xolisona tekshirish hamda holatga baho berish maqsadida 14 dekabr kuni Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.

Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Oliy Majlis Senati, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasining mas’ul xodimlari kiritildi.

Реклама на Unews

«Komissiya murojaatda keltirilgan qonunbuzarlik holatlarini joyiga chiqqan holda, Jasur Fozilovning barcha vajlarini bevosita o‘zining ishtirokida chuqur va xolisona o‘rganilishini tashkil etadi.

Tekshirish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda xabar beriladi», — deyiladi Xalq qabulxonasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilovning murojaati aks etgan video paydo bo‘ldi. Videoda shahar prokurori unga nisbatan ayni paytda xizmat tekshiruvi olib borilayotgani, uning yakunlari bo‘yicha qonun buzilishlar aniqlangan taqdirda buning uchun javob berishga tayyorligini aytgan. Jasur Fozilov o‘z videomurojaatini O‘zbekiston Prezidentiga va Prezident Administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga yo‘llagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xizmat tekshiruviga sabab bo‘lgan murojaat bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga aloqador bo‘lgan tadbirkor tomonidan qilingan. Murojaatda prokuror Prezident Administrasiyasi rahbaridan mazkur holatni nazoratga olishni so‘ragan.

Реклама на Unews

Bosh prokuratura matbuot xizmatining 11 dekabrdagi bayonotiga ko‘ra, Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani munosabati bilan u 2 dekabr kuni vazifasini bajarishdan vaqtincha ozod qilingan. Bunga Buxoro shahridagi tadbirkorlardan birining prokuror Fozilov ustidan yozib bergan shikoyat arizasi sabab bo‘lgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring