Buxoro markaziy ko`chalarida svetaforning qizil chirog`ida harakatlanib yurgan avtobus haydovchisi aniqlandi

Buxoro shahrining markaziy ko`chalaridan birida "Isuzu" rusumli 80 413 AVA davlat raqam belgili, yo`lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi yo`l harakati qoidalarining 31-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog`ida harakatlanganligi holati aks etgan xabar ijtimoiy tarmoqda tarqaldi va keng jamoatchilik e`tirozlariga sabab bo`ldi.

IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko`ra, Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi va haydovchi I.K.ga nisbatan BHMning 2 baravari, ya`ni, 490.000 so`m jarima jazosi belgilandi.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, yo`lovchi tashuvchi jamoat avtotransport vositalari haydovchilari yo`llarda o`ta ehtiyotkor bo`lishlarini so`raymiz, deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring