Butunjahon bokschilar assosiasiyasi yangilangan reytingni e`lon qildi

Kuni kecha, 1 iyul kuni Butunjahon bokschilar assosiasiyasi (WBA) yangilangan reytingni e`lon qildi. Iyun oyi mobaynidagi bir qator asosiy va reyting janglari natijalariga ko`ra, kimlardir o`z yo`nalishlaridagi o`rnini mustahkamlab olgan bo`lsa, kimlardir kuchli 15 talik bilan xayrlashdi.  

Xasanboy, Shoxjahon, Botir kuchlilar safida. Meliqo`ziev esa hozircha TOP-15 talik bilan xayrlashdi.

Jumladan, o`tgan oydagi omadsizlik oqibatida WBA reytingida 7-o`rinda borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo`ziev ikkinchi o`rta vazn (76,2 kg) dagi TOP-15 talikni hozircha tark etdi. Shu kunlarda Amerikada mashg`ulotlarni olib borayotgan sportchimiz ruhiy kuch-qudratiga tayangan holda qisqa fursatlarda yana katta ringdagi o`z mo`jizalarini namoyish etishiga ishonib qolamiz.  

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring