Butun oilasi koronavirusga chalingan rejissyor Sarvar Karimov Yunusoboddagi Nuroniy sanatoriysiga yotqizildi

Taniqli rejissyor Sarvar Karimov "Twitter"dagi sahifasida o‘zi va oila a’zolari COVID-19’ga chalingani, otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etganini ma’lum qilgandi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Rejissyorning 18 iyul kuni bildirishicha, ayni paytda u akasi va singlisi bilan birga Yunusoboddagi Nuroniy sanatoriysiga yotqizilgan.

«Meni, akamni va singlimni Yunusoboddagi Nuroniy sanatoriysiga olib kelib joylashdi. 8 ta qavatga bitta infeksionist va ikkita terapevt bor ekan. Bechoralarning ahvoli biznikidan battar. Boshqa vrachlar yo‘q, ukollar yo‘q, apparatlar yo‘q. Sabr qilishdan boshqa ilojimiz ham yo‘q», — deb yozgan u "Twitter"dagi sahifasida

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring