Buster doza bilan takroriy emlanish mumkinmi? SSV aholini qiziqtirgan masalaga oydinlik kiritdi

Bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyat barqaror. Biroq Shimoliy va Janubiy Amerika, Evropa va Sharqiy Osiyo mintaqalarida joylashgan qator mamlakatlardagi epidemiologik holat hanuz murakkabligicha qolmoqda.

Bu esa kasallik hali ortga chekinmagani, shu sababli COVID-19ning og`ir asoratlaridan himoyalanish uchun virusga qarshi to`liq bosqchilarda vaksina olish, ayniqsa, buster doza bilan emlanish zarurligini ko`rsatadi.

Xo`sh, buster doza o`zi nima? Buster doza bilan kimlar emlanadi? To`liq bosqichda emlanganlar buster dozani qachon oladi? Buster doza turi avval olingan vaksina bilan bir xil bo`lishi kerakmi? Buster doza bilan takroriy emlanish mumkinmi? Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ayni paytda aholini qiziqtirgan mazkur savollarga oydinlik kiritdi. 

Реклама на Unews

Buster doza — to`liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini yanada mustahkamlash uchun qayta olinadigan vaksina dozasidir.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida to`liq vaksina kursini olgan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.

Fuqarolar to`liq vaksina kursini olganiga 6 oy va undan ortiq vaqt o`tgandan so`ng buster doza bilan emlanishi mumkin. Buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olish mumkin.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, JSST koronavirusga qarshi takroriy ravishda buster doza bilan emlanishi zarur bo`lgan aholi qatlami ro`yxatini e`lon qilgan. Unga ko`ra, homilador ayollar, immuniteti zaif kishilar, qator surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar, keksa yoshli insonlar, shifokorlar kuchaytiruvchi dozada takroriy vaksinalar olishi maqsadga muvofiq.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring