Burak O‘zchivit va O‘zge Torer: Ularning munosabati ishdagi ishqmi yoki mish-mish?

«Qurilish: Usmon» serialini tomosha qilayotgan turk kinosi muxlislari bosh qahramon rolini ijro qilayotgan aktrisa O‘zge Torer Burak O‘zchivitni sevib qolgan va tuyg‘ularini yashirishni uddasidan chiqa olmayapti, degan fikrda. «Rus.Turkey.com»ning yozishicha tomoshabinlar aktyorlar o‘rtasida munosabatlar borligi haqida gumon qilmoqda, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Foto: Milliyet
Avvaliga bu kabi shubhalar O‘zgening Instagram sahifasiga yozib qoldirilgan, aktrisa esa bunga javoban izoh qoldirgan foydalanuvchilarni qora ro‘yxatga kiritgan. Keyinroq tomoshabinlar turli forum va Facebook’da Torerning aktyorni yoqtirib qolganini muhokama qila boshlagan.

Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, deb o‘ylagan tomoshabinlar bunday mish-mishlarga aktrisaning suratga olish maydonchasida Burak bilan birga tushgan suratlarini, ayniqsa, sevishganlar rolini gavdalantirayotgan payti aks etgan kadrlarni ko‘p joylashi sabab deb hisoblagan.

Foto: Milliyet

Foto: Milliyet
«Uning aktyorga muhabbat ko‘zi bilan qarashi o‘yin bo‘lishi mumkin emas», − deb yozib qoldirgan muxlislardan biri O‘zgening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

Uning hamkasblari esa mazkur mavzuga izoh bermaslikka harakat qilgan, berganda ham hazil aralash O‘zchivitni sevib qolmaslik mumkin emasligini ta’kidlagan.

Shuningdek, tinib-tinchimagan muxlislar ijtimoiy tarmoqda Fahrie va O‘zgeni taqqoslab ular o‘rtasida umumiylik ko‘pligi sabab Torerni Burakka yoqadigan toifadagi qiz, degan xulosaga kelgan.

Bunday mish-mishlarga jim qarab turolmagan O‘zge tarqalgan gap-so‘zlarga munosabat bildirgan. U bunday taxminlarni o‘qish kulgili, shu bilan birga, quvonarli ekanini aytgan. «Demak, men yaxshi aktrisaman, sevib qolgan inson rolini yaxshi o‘xshata olayotganimdan xursandman. Burak juda ham yaxshi inson va aktyor. Biz juda ham yaxshi munosabatdamiz. Ammo mening tuyg‘ularim haqidagi mish-mishlar, shunchaki mish-mish», − degan aktrisa bularning barini roliga berilgan yuqori baho deb hisoblashini qo‘shimcha qilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring