Bulung`urlik ota farzandlariga aliment uchun 136 mln so`m to`lab berdi

Majburiy ijro byurosi Bulung`ur tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan fuqarolik ishlari bo`yicha Jomboy tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan qarzdor ota T.Sindarovdan undiruvchi xotini  F.Normatova foydasiga ikki nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish ko`rsatilgan.

Bo`lim xodimlari tomonidan qarzdor T.Sindarov bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, qonunchilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan tushuntirish berildi.

Shundan so`ng, qarzdor T.Sindarov alimentdan bo`lgan barcha qarzini to`lash bilan birga farzandlari voyaga etguniga qadar hisoblangan aliment pullarini to`lash istagini bildiradi. Qarzdor T.Sindarov tomonidan to`langan jami 136 mln. 584 ming so`m aliment pullari undiruvchi F.Normatovaga topshirilishi ta`minlandi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring