Bugungi kun uchun ob-havo ma`lumoti

1 fevralda kunduz kuni O`zbekiston hududi hali ham nam havo massalari ta`siri ostida bo`ladi. Bu haqda «O`zgidromet» xabar qilmoqda. 

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba`zi joylarida yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo bulutli bo`ladi, kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi.  Biroz shamol 7-12 m/s tezlikkacha esadi. Havo harorati 10-12 daraja iliqni  tashkil etadi.

Реклама на Unews

Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring