Bugundan qayta boshlangan sovuq havo harorati 26 yanvarga qadar saqlanib turadi

O`zbekistonda 24-26 yanvar kunlari qanday ob havo kuzatilishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, ba`zi joylarda 10 darajagacha sovuq bo`ladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, ba`zi joylarda 17 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Реклама на Unews

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ayrim joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, ba`zi joylarda 5 darajagacha sovuq bo`ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 2 darajagacha sovuq bo`ladi.

Реклама на Unews

Andijon, Namangan hamda Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba`zi joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Respublikaning tog` va tog`oldi hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 yanvarda ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring