Bugundan O`zbekistonga kirib kelish uchun yangi tartib joriy etilmoqda

15 yanvardan O`zbekiston hududiga kirib kelayotgan fuqarolar (avtomobil harakati bundan mustasno) kirishidan kamida 48 soat oldin PZR usulida o`tkazilgan koronavirusga salbiy test natijasini taqdim etishlari, shuningdek, O`zbekiston hududiga kirishda koronavirus infeksiyasi mavjudligini aniqlash uchun ekspress antigen testini topshirishlari shart.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarning uchib kelish zallarida tashkil etiladigan ekspress-test punktlarida ekspress-test topshirish O`zbekiston Markaziy banki kursi bo`yicha so`m ekvivalentida 5 AQSh dollari miqdorida belgilanadi. Talabalik guvohnomasi bo`lgan talabalarga 50% chegirma beriladi. I va II guruh nogironligi bo`lganlar bepul topshiradi. Ikki yoshgacha bo`lgan bolalarni kovid uchun tekshirish shart emas.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring