Bugun Toshkentning Sergeli tumanida ketayotgan yo`lovchi avtobusi yonib ketdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 14 dekabr kuni soat 15:21 da Toshkent shahar Sergeli tumani «Do`stlik-1» dahasida 47-yo`nalish bo`yicha harakatlanayotgan «MERS» rusumli avtobusda yong`in sodir bo`lgani aks etgan vidolar tarqaldi.


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 15:25 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 15:34 da o`chirilgan.

Yong`in oqibatida avtobusning orqa salon qismi yonib zararlangan.

Реклама на Unews

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda mutaxassislar tomonidan yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring