Bugun “Superoy” kuzatiladi

Bugun nodir tabiat xodisasi kuzatiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.

 

Ta`kidlanishicha, bu galgi to`linoyning Erga nisbatan juda yaqin bo`lgan paytida sodir bo`ladi. Bu hodisaga xavaskor astronomlar “Superoy” deb nom berishgan, chunki yaqinroq bo`lgani sabab oy kattaroq ko`rinadi.

 

Ma`lumot o`rnida keltirilishicha, Oy Er orasidagi o`rtacha masofa 384 ming km ni tashkil qiladi. Oy Er atrofida ellips bo`ylab harakatlanadi va 1 yilda 12-13 marta Erga yaqinlashib-uzoqlashadi. Eng qisqa masofa perigey deb nomlanadi va u 356 ming kmni, eng katta masofa esa apogey deyiladi va u 406 ming km ni tashkil qiladi.

Реклама на Unews

 

 " – Har gal perigey paytida masofa har xil bo`lib, bu safargi yaqinlashish 13 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:06 ga to`g`ri keladi va u 357 264 kilometrni tashkil qiladi. Bu 2022 yildagi eng qisqa masofadir. Aytish lozim, bu paytda Oy bizning mintaqa uchun gorizontdan pastda bo`ladi va u ko`rinmaydi.

Shundan 9 soatu 32 daqiqa o`tgandan keyin esa Oy to`linoy fazasiga kiradi - uning 100 foiz sirti Quyosh nuri bilan yoritiladi. Masofa nisbatan qisqa bo`lgani uchun Oyning gagdishi boshqa to`linoylarga nisbatan katta roq bo`ladi.

Bugun Oy kechki payt 20:07 da chiqadi va ertalab 3:51 gacha osmonda bo`ladi. Tabiiyki o`zining eng to`liq fazasi - 23:38 da osmonda ancha balandda bo`ladi va uni bemalol kuzatish mumkin", – deyiladi ma`lumotda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring