Bugun respublika bo‘ylab beqaror ob-havo kutilmoqda

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27° bo‘ladi.

Реклама на Unews

Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 11-16° bo‘ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring