Bugun poytaxtning ba`zi tumanlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, bugun Olmazor va Yakkasaroy tumanlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

 

Aniqroq qilib aytganda, Olmazor tumani Jomiy-5 ko`chasida joylashgan o`rta bosimli D-57 mmli gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Jomiy ko`chasidagi 15 ta erli aholi xonadonlarida hamda 35 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

 
 

Shuningdek, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog`och ko`chasida joylashgan gaz quvurida ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha Kichik Beshyog`och ko`chasidagi 12 ta ko`p qavatli uylarda hamda 2 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Реклама на Unews

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring