Bugun O‘zbekistonning qayerida yomg‘ir va qaysi hududida qor yog‘ishi aytildi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida qor yog‘adi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ba’zo hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.

🔹Poytaxtimizda ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-6° iliq bo‘ladi.

🔹Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring