Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarida harorat 25 darajagacha ko`tariladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonda iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublikada havo kam bulutli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 15-20° iliqgacha, janubda 20-25° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kun davomida 18-20° iliqgacha ko`tariladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10° iliq atrofida bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring