Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarida changli bo`ron kuzatilishi mumkin

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 29-34° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 30-32° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring